
Jahon bankining “O‘zbekiston Respublikasida qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish” loyihasi doirasida ilm-fan rivoji yo‘lidagi yana bir odimi natijasi
Jahonda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash va aholining kartoshka
mahsulotlariga bo‘lgan talabini yetarli darajada qondirishda ushbu ekin turi
hosildorligini oshirish va sifatini yaxshilash bugungi kunning muhim va dolzarb
muammoli masalalaridan biri hisoblanadi.
Kartoshka yetishtirish maydoniga ko‘ra dunyoda bug‘doy, sholi, makkajo‘xoridan keyin uchinchi o‘rinda turadi. Ahamiyatliligi jihatidan esa
ikkinchi o‘rinda turadi. Kartoshka inson uchun muhim bo‘lgan oqsil, kraxmal, turli
vitaminlar hamda mineral tuzlar manbaidir.
Kartoshka yurtimizga XIX asrning ikkinchi yarmini boshlarida keltirilgan. Hozirgi davrda u barcha oilalarning sevimli mahsuloti darajasiga yetib, xalq orasida “ikkinchi non” deb ataladi.
O‘z navbatida, yurtimizda ham kartoshkachilik va yangi serhosil kartoshka
navlarini yaratish, ilmiy jihatdan o‘rganish, tadqiqotlar olib borish va tavsiyalar
berish maqsadida Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan bir qator loyihalar amalga oshirilib kelinmoqda.
Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi
Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi sohasida strategik rivojlanish va tadqiqotlar
xalqaro markazi ishtirokidagi Jahon bankining “O‘zbekiston Respublikasida
qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish” loyihasi doirasida jami 3 mln. 700 ming. AQSh dollari qiymatida grant mablag‘lari ajratilishi rejalashtirilgan bo‘lib, natijada
institut ilmiy-amaliy faoliyatini qo’llab-quvvatlash maqsadida zamonaviyissiqxona, urug‘ saqlaydigan omborxona va muzlatgich hamda tekshirish va
o‘rganish ishlarini amalga oshirish uchun kerakli uskunalar xarid qilinishiga
erishildi.
Bu hali hammasi emas. Bugungi kunga qadar 988 ming 123 AQSh dollari (ya’ni, ajratilgan mablag‘larning 26,7%iga) mablag‘ o‘zlashtirilgan bo‘lib, kartoshkachilik borasidagi tadqiqotlarni yanada bardavom qilish maqsadida talay
ishlarni amalga oshirish rejalashtirilmoqda.
Xususan, bu borada sifatli va hosildor milliy urug‘chilik tizimini tashkil etish
bo‘yicha ishlar boshlangan. Bugungi kunda milliy genofondda 250 xil kartoshka
nav namunalari mavjud.
Kartoshkaning yurtimizda yetishtirish uchun tavsiya etilgan va qishloq
xo‘jaligi ekinlari davlat reestriga kiritilgan 7 ta davlatning 158 ga yaqin navlari
mavjud bo‘lib, shundan, 19 ta nav mahalliy navlar hisoblanadi.
Ulardan 11 tasi yoki 58 % (To‘yimli, Aqrab, Diyora, Ko‘ksaroy, Serhosil, Pskom, Sarnav, Umid 2, Baraka, Feruza, Bog‘izag‘on) Sabzavot, poliz ekinlari va
kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti seleksiya yutuqlari hisoblanadi.
Bugungi kunda “Toshkent ertagisi”, “O‘zbekiston qizili”, “Qizg‘aldoq”, “Ultraeshim” kabi yangi navlar sinovdan o‘tmoqda.
Olimlarimiz va mas’ullarimiz tomonidan o‘rganish ishlari davom etadi. Maqsad hech shubhasiz, oziq-ovqat xafsizligini ta’minlash, aholi daromadini
oshirish, dasturxonlarni sifatli mahsulotlar bilan to‘ldirish va albatta bu orqali aholi salomatligini asrashdir.
11.02.2025