O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 11-avgustdagi PQ–4803-son qaroriga muvofiq, Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki hamda Xalqaro taraqqiyot uyushmasi ishtirokida “O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish” loyihasi amalga oshirilmoqda.
Loyihaning umumiy qiymati 659,3 mln AQSh dollarini, shundan Jahon banki tomonidan ajratilgan kredit mablag‘lari 500 mln AQSh dollarini tashkil etadi.
Loyihaning asosiy maqsadi — qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish, ilmiy-tadqiqot muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, zamonaviy agrotexnologiyalarni joriy etish, fermer xo‘jaliklari va agrobiznes subyektlarini qo‘llab-quvvatlash hamda meva-sabzavotchilik sohasida yuqori qo‘shilgan qiymat zanjirini rivojlantirishdan iborat.
Loyiha doirasida qishloq xo‘jaligi infratuzilmasini takomillashtirish, zamonaviy texnika va laboratoriya uskunalarini xarid qilish, imtiyozli moliyalashtirish imkoniyatlarini kengaytirish hamda mahsulotlarning ichki va tashqi bozorlardagi raqobatbardoshligini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.