Перейти к основному содержимому
ISCAD Центр стратегического развития и исследований в сфере продовольствия и сельского хозяйства — Главная

Настройки отображения

Размер шрифта

Qishloq xo‘jaligida fundamental tadqiqotlar markazini tashkil etish bo‘yicha Xitoy kompaniyasi bilan hamkorlik

9 просмотров

Qishloq xo‘jaligida fundamental tadqiqotlar markazini tashkil etish bo‘yicha Xitoy kompaniyasi bilan hamkorlik — 1 / 5
Qishloq xo‘jaligida fundamental tadqiqotlar markazini tashkil etish bo‘yicha Xitoy kompaniyasi bilan hamkorlik — 2 / 5
Qishloq xo‘jaligida fundamental tadqiqotlar markazini tashkil etish bo‘yicha Xitoy kompaniyasi bilan hamkorlik — 3 / 5
Qishloq xo‘jaligida fundamental tadqiqotlar markazini tashkil etish bo‘yicha Xitoy kompaniyasi bilan hamkorlik — 4 / 5
Qishloq xo‘jaligida fundamental tadqiqotlar markazini tashkil etish bo‘yicha Xitoy kompaniyasi bilan hamkorlik — 5 / 5

O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi sohasida strategik rivojlanish va tadqiqotlar xalqaro markazida Xitoyning “Zhong’An Huali Construction Group Co. Ltd” kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda Jahon banki ishtirokida amalga oshirilayotgan “O‘zbekiston Respublikasida qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish” loyihasi doirasida Qishloq xo‘jaligida fundamental tadqiqotlar markazi (CEAR)ni qurish, qurilish jarayonlarini samarali tashkil etish hamda istiqboldagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 13-martdagi PF-40-son Farmoni ijrosi doirasida amalga oshirilayotgan mazkur qurilish loyihasining qiymati 24,5 mln AQSh dollaridan ortiqni tashkil etadi.

Uchrashuv davomida tomonlar qurilish ishlarini belgilangan muddatlarda, yuqori sifat darajasida va xalqaro standartlarga muvofiq amalga oshirish, shuningdek, o‘zaro hamkorlikni samarali yo‘lga qo‘yish masalalariga alohida e’tibor qaratdilar.

Qishloq xo‘jaligida fundamental tadqiqotlar markazining tashkil etilishi mamlakatimiz agrar sohasining ilmiy-tadqiqot salohiyatini oshirish, zamonaviy ilmiy infratuzilmani shakllantirish, ilm-fan va amaliyot integratsiyasini kuchaytirish hamda sohaga innovatsion texnologiyalarni keng joriy etishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Mazkur uchrashuv xalqaro hamkorlikni yanada mustahkamlash hamda agrar sohaning ilmiy va innovatsion rivojlanishini jadallashtirish yo‘lida muhim qadam bo‘ldi.