Skip to main content
ISCAD Center for Strategic Development and Research in Food and Agriculture — Home

Display settings

Text size
Theme

FAO va ISCAD: O‘zbekiston qishloq xo‘jaligini raqamlashtirish bo‘yicha hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi

17 views

FAO va ISCAD: O‘zbekiston qishloq xo‘jaligini raqamlashtirish bo‘yicha hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi

O‘zbekiston qishloq xo‘jaligini raqamlashtirish bo‘yicha hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) hamda O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi sohasida strategik rivojlanish va tadqiqotlar xalqaro markazi (ISCAD) vakillari o‘rtasida O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligini raqamlashtirish imkoniyatlarini kengaytirishga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Muzokaralar davomida qishloq xo‘jaligiga oid ma’lumotlar tizimini mustahkamlash, ishonchli axborotlardan foydalanish imkoniyatlarini yaxshilash, shuningdek, fermerlar, davlat boshqaruvi organlari va agrobiznes subyektlari faoliyatini qo‘llab-quvvatlovchi raqamli yechimlarni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Xususan, Markazning qishloq xo‘jaligi sohasidagi ilmiy tadqiqotlar, ma’lumotlar tahlili va raqamli texnologiyalarni amaliy boshqaruv qarorlari bilan bog‘lashdagi istiqbolli o‘rniga alohida e’tibor qaratildi.

Uchrashuv O‘zbekistonda innovatsion, samarali va barqaror qishloq xo‘jaligi tizimini shakllantirish yo‘lida o‘zaro hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlarini muhokama qilish uchun muhim muloqot maydoni bo‘ldi.