Skip to main content
ISCAD Center for Strategic Development and Research in Food and Agriculture — Home

Display settings

Text size
Theme

Jahon banki va ISCAD hamkorligi: "O'zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish" loyihasining natijalari va ustuvor vazifalari muhokama qilindi

15 views

Jahon banki va ISCAD hamkorligi: "O'zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish" loyihasining natijalari va ustuvor vazifalari muhokama qilindi

2026-yil 16-noyabr kuni Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi sohasida strategik rivojlanish va tadqiqotlar xalqaro markazida (ISCAD) Jahon bankining “O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish” loyihasi doirasidagi missiyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda Markaz direktori X. Ibragimov, Jahon banki missiyasi vakillari hamda Loyihani amalga oshirish guruhi mutaxassislari ishtirok etdi.

Muloqot davomida loyihaning amalga oshirilish holati, erishilgan natijalar, mavjud masalalar va ularning yechimlari, shuningdek, kelgusi olti oyga mo‘ljallangan ustuvor vazifalar muhokama qilindi.

Xususan, quyidagi yo‘nalishlarga alohida e’tibor qaratildi:
Qishloq xo‘jaligida mahsuldorlikni oshirishga xizmat qiluvchi xizmatlarni takomillashtirish;
Kredit liniyalari va qishloq xo‘jaligi texnikalarini lizing asosida moliyalashtirish;
Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari savdosi va marketingini rivojlantirish;
Xaridlar, moliyaviy boshqaruv, monitoring va baholash hamda ekologik va ijtimoiy talablar ijrosini ta’minlash.

16–23-noyabr kunlariga mo‘ljallangan missiya doirasida Toshkent va Samarqand viloyatlaridagi loyiha obyektlariga tashriflar hamda tegishli vazirlik va idoralar bilan uchrashuvlar rejalashtirilgan.

Mazkur uchrashuv loyihaning samarali ijrosini ta’minlash, mavjud masalalar yuzasidan amaliy yechimlarni ishlab chiqish hamda Jahon banki bilan hamkorlikni yanada mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
━━━━━━━━━━━━━━
ISCAD | Xalqaro hamkorlik va taraqqiyot