Markaz asosiy vazifalari
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi sohasida strategik rivojlanish va tadqiqotlar xalqaro markazi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 22 dekabrdagi “Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi sohasida islohotlarni tadqiq qilish, strategik rejalashtirish hamda boshqarish tizimini yana-da takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-58-son qaroriga muvofiq tashkil etilgan bo‘lib, quyidagilar Markazning asosiy vazifalari etib belgilangan:
oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi sohasini institutsional tahlil qilish va islohotlarning asosiy yo‘nalishlarini ishlab chiqish respublika iqtisodiyoti tarmoqlarini jadal rivojlantirish;
ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish va modernizatsiya qilish, sanoat, xizmat ko‘rsatish;
qishloq xo‘jaligi sohalariga zamonaviy texnologiyalarni keng joriy etish;
yuqori qo‘shilgan qiymatli eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarish hajmlarini oshirish;
investitsiya jarayonlarini jadallashtirish va hududlarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni, xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlarining kredit va grantlarini faol jalb qilish;
joylarda yuqori daromadli ish o‘rinlarini yaratish va aholi bandligini taʼminlashdan iboratdir.
Markaz tomonidan Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki, Osiyo taraqqiyot banki, Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi, Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish xalqaro jamg‘armasi, Xalqaro taraqqiyot uyushmasi bilan hamkorlikda 7 ta loyiha uchun jami 2062,0 mln AQSH dollari miqdorida imtiyozli kridit mablag‘lari ajratildi. Shundan o‘zlashtirilgan mablag‘ 1298 mln AQSH dollarini tashkil etadi. Ushbu mablag‘lar mamlakatimizdagi 14-ta banklar, xususan, Qishloqqurilishbank, Turon bank, Milliy bank, Ipoteka bank, Asaka bank, O‘zsanoatqurilishbank, Xalq banki, Mikrokreditbank, Ipak yo‘li bank, Aloqa bank, Savdogarbank, Hamkor bank, Aziya Alyans bank hamda Oriyent finans banklar orqali tashabbuskor va talabgorlarga kridit hamda grantlar asosida yetkazib berilmoqda.