Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi sohasida strategik rivojlanish va tadqiqotlar xalqaro markazi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 22 dekabrdagi “Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi sohasida islohotlaarni tadqiq qilish, strategik rejalashtirish hamda boshqarish tizimini yana-da takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-58-sonli qaroriga asosan O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzurida tashkil etilib, faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.
Mazkur qarorga muvofiq loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha tadbirkorlik subyektlariga konsalting xizmatlari va amaliy yordam ko‘rsatish Markazning asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi.
Shunga ko‘ra Markaz faoliyatida tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashga ustuvor yo‘nalish sifatida qaralib, Markazda amalga oshirilayotgan loyihalar doirasida tadbirkorlik subyektlariga amaliy yordam ko‘rsatib kelinmoqda.
Masalan, “Farg‘ona vodiysida qishloq tadbirkorligini rivojlantirish” loyihasining maqsadi qishloq korxonalarini salmog‘ini kengaytirish va yangi ish o‘rinlarini yaratish bo‘lib, loyiha doirasida vodiy viloyatlarida tadbirkorlikni rivojlantirish uchun Xalqaro tiklanish va taraqqiyot bankidan olingan imtiyozli kredit mablag‘lari sub-loyihalar asosida intensiv bog‘dorchilik va sug‘orish tizimlari, zamonaviy issiqxonalar, meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlash, kalibrovka, saralash va qadoqlash, yirik va mayda shoxli qoramollar, parrandachilik, baliqchilik, qishloq xo‘jaligi texnika va texnologiyalari, hunarmandchilik, tekstil, oziq-ovqat maxsulotlari ishlab chiqarish va boshqa yo‘nalishlarda ajratilib, tadbirkorlik subyektlariga loyihani amalga oshirishda ko‘maklashib kelinmoqda. |