Sayt test holatida ishlamoqda !Sayt test holatida ishlamoqda !Sayt test holatida ishlamoqda !Sayt test holatida ishlamoqda !Sayt test holatida ishlamoqda !Sayt test holatida ishlamoqda !Sayt test holatida ishlamoqda !

Xalqaro hamkorlar

O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi sohasida strategik rivojlanish va tadqiqotlar xalqoro markazining idoralararo hamkorlik aloqalari to‘g‘risida maʼlumot

Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi sohasida strategik rivojlanish va tadqiqotlar xalqaro markazi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 22 dekabrdagi “Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi sohasida islohotlaarni tadqiq qilish, strategik rejalashtirish hamda boshqarish tizimini yana-da takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-58-sonli qaroriga asosan O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzurida tashkil etilib, faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.

 

Mazkur qarorga muvofiq Markaz xorijiy investitsiyalar, grantlar, xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari mablag‘lari hamda byudjet mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi sohasidagi loyihalarni va ilmiy-tadqiqot faoliyatini amalga oshiradigan vakolatli davlat muassasasi hisoblanadi.

 

Hozirgi kunda Markazda xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari ishtirokida 7 ta loyiha amalga oshirilib kelinayotgan bo‘lib, Markaz ushbu loyihalar doirasida Jahon banki, Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish xalqaro jamg‘armasi, Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki, Osiyo taraqqiyot banki, Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi kabi nufuzli xalqaro tashkilotlar, shuningdek xalqaro hamda xorijiy o‘quv va ilmiy muassasalar bilan hamkorlik qilib keladi.

 

Xalqaro tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlik O‘zbekiston Respublikasi bilan ushbu tashkilotlar o‘rtasida ikkitomonlama imzolangan qarz va moliyaviy bitimlar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 16.02.2017 yildagi PQ-2784, 02.03.2017 yildagi PQ-2813, 20.06.2018 yildagi PQ-3790, 16.07.2018 yildagi PQ-3857, 20.11.2018 yildagi PQ-4021, 19.07.2019 yildagi PQ-4399, 10.04.2020 yildagi PQ-4669, 11.08.2020 yildagi PQ-4803, 15.09.2020 yildagi PQ-4830, 22.12.2021 yildagi PQ-58, 15.03.2023 yildagi PQ-96-sonli qarorlari, Vazirlar Mahkamasining 11.09.2019 yildagi 761-sonli qarori hamda boshqa xalqaro va milliy qonunchilik hujjatlari asosida amalga oshiriladi.

Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki

Xalqaro taraqqiyot uyushmasi

Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish xalqaro jamg‘armasi

Osiyo taraqqiyot banki

Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi