Sayt test holatida ishlamoqda !Sayt test holatida ishlamoqda !Sayt test holatida ishlamoqda !Sayt test holatida ishlamoqda !Sayt test holatida ishlamoqda !Sayt test holatida ishlamoqda !Sayt test holatida ishlamoqda !

Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish xalqaro jamg‘armasi

Asosiy
ifad-logo.png

      Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish xalqaro jamg‘armasi (IFAD) BMTning ixtisoslashgan agentligi bo‘lib, rivojlanayotgan mamlakatlarda oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi sohasini rivojlantirish, ishlab chiqarish quvvatini kengaytirish va aholi daromadini oshirish, turmush tarzini yaxshilash maqsadida moliyaviy resurslarni safarbar qiladi.

       IFAD Rimda (Italiya) 1977 yilda Jahon oziq-ovqat konferensiyasi qaroriga muvofiq tashkil etilgan.  U ko‘p jihatdan moliya instituti sifatida kreditlar va grantlar ko‘rinishida to‘g‘ridan-to‘g‘ri moliyalashtirishni taʼminlaydi hamda o‘z loyiha va dasturlarini amalga oshirish uchun qo‘shimcha resurslarni jalb qiladi.

        Mazkur tashkilot bir qator nomdor institutlar, jumladan Jahon banki, mintaqaviy taraqqiyot banklari, boshqa mintaqaviy moliya institutlari va BMT agentliklari bilan hamkorlik qiladi. Ularning aksariyati IFAD loyihalarini birgalikda moliyalashtiradi.


1.jpg


        Tashkilot hukumatlarning ixtiyoriy badallari, kreditlarni qaytarish va investitsiya daromadlari hisobidan moliyalashtiriladi. 

       Aytish joizki, IFADning boshqaruv organi, Boshqaruv Kengashi barcha aʼzo davlatlar vakillaridan iborat bo‘lib, ular yilda bir marotaba o‘rnatilgan tirtibda yig‘iladilar, amalga oshirilgan ishlar borasida fikr almashadilar. Ijro etuvchi organi Ijroiya Kengashi bo‘lib, Boshqaruv Kengashi tomonidan 3 yil muddatga saylanadi. U IFADning barcha amaliy faoliyatini boshqaradi, kreditlar va grantlar ajratishni tasdiqlaydi. Jamg‘armaning ijro etuvchi xizmatlariga Prezident rahbarlik qiladi, u ayni paytda Ijroiya kengashining raisi hisoblanadi.

        IFADga aʼzolik BMT, uning ixtisoslashgan agentliklari yoki MAGATE aʼzosi bo‘lgan davlatlar uchun ochiq. Tashkilotga aʼzo davlatlar quyidagi guruhlarga bo‘lingan: A guruhi (OYECD aʼzo davlatlari);  B guruhi (OPEK aʼzo davlatlari); C guruhi (rivojlanayotgan mamlakatlar). S guruhi, o‘z navbatida, kichik guruhlarga bo‘linadi: C1 kichik guruhi (Afrika mamlakatlari); C2 kichik guruhi (Yevropa mamlakatlari, Osiyo va Osiyo-Tinch okeani); C3 kichik guruhi (Lotin Amerikasi va Karib dengizi mamlakatlari).

     O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010 yil 25 martdagi “Xalqaro shartnomaga qo‘shilish to‘g‘risida”gi PQ-1310-son farmoniga muvofiq O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish xalqaro jamg‘armasini (IFAD) tashkil etish to‘g‘risidagi bitimga qo‘shildi. Quvonarlisi, 2011 yil 19-20 fevral kunlari Rimda bo‘lib o‘tgan IFAD Boshqaruv kengashining 34-sessiyasida O‘zbekiston Respublikasi rasman IFADning to‘laqonli aʼzosi bo‘ldi.