O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi sohasida strategik rivojlanish va tadqiqotlar xalqaro markazida (keyingi o‘rinlarda -Markaz deb yuritiladi) bo‘sh (vakant) o‘rinlarga ishga qabul qilish Markazning 2023-yil 29-noyabrdagi 96/AO-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi sohasida strategik rivojlanish va tadqiqotlar xalqaro markazida ishga qabul qilishda tanlov o‘tkazish to‘g‘risidagi” nizomga muvofiq tanlov asosida ishga qabul qilinadi. Bo‘sh ish o‘rinlari uchun nomzodlar o‘rtasida o‘tkazilgan tanlov natijalariga ko‘ra, g‘olib deb topilgan nomzodlar bilan (Xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari ishtirokidagi loyihalarni amalga oshirish guruhlariga mas’ul mutaxassislar donor tashkilot bilan kelishilganidan keyin) mehnat shartnomasi tuzilib, ishga qabul qilinadi. Markazda bo‘sh (vakant) ish o‘rinlari paydo bo‘lishi bilan, bo‘sh (vakant) ish o‘rinlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar va unga qo‘yiladigan talablar (malaka talablari, lavozim majburiyatlari) Markazning veb-sayti, ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari, Yagona milliy mehnat tizimi, uzjobs.uz, shuningdek, talab katta bo‘lgan ijtimoiy tarmoqlardagi ishga qabul qilish agentliklarining manbalari orqali e’lon berib boriladi. |