Sayt test holatida ishlamoqda !Sayt test holatida ishlamoqda !Sayt test holatida ishlamoqda !Sayt test holatida ishlamoqda !Sayt test holatida ishlamoqda !Sayt test holatida ishlamoqda !Sayt test holatida ishlamoqda !

Idoralararo hamkorlar

O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Oziq-ovqat va qishloq xuo‘jaligi sohasida strategik rivojlanish vatadqiqotlar xalqoro markazining idoralararo hamkorlik aloqalari to‘g‘risida maʼlumot

Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi sohasida strategik rivojlanish va tadqiqotlar xalqaro markazi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 22 dekabrdagi “Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi sohasida islohotlaarni tadqiq qilish, strategik rejalashtirish hamda boshqarish tizimini yana-da takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-58-sonli qaroriga asosan O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzurida tashkil etilib, faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.

 

Mazkur qarorga muvofiq Markaz xorijiy investitsiyalar, grantlar, xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari mablag‘lari hamda byudjet mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi sohasidagi loyihalarni va ilmiy-tadqiqot faoliyatini amalga oshiradigan vakolatli davlat muassasasi hisoblanadi.

 

Markaz zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarishda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, tijorat banklari, hokimliklar, Qishloq xo‘jaligi vazirligi va tizim tashkilotlari, shuningdek faoliyati oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi sohasi bilan bog‘liq boshqa korxona, muassasa va tashkilotlar bilan yaqindan hamkorlik qilib keladi.

 

Idoralararo hamkorlik O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 16.02.2017 yildagi PQ-2784, 02.03.2017 yildagi PQ-2813, 20.06.2018 yildagi PQ-3790, 16.07.2018 yildagi PQ-3857, 20.11.2018 yildagi PQ-4021, 19.07.2019 yildagi PQ-4399, 10.04.2020 yildagi PQ-4669, 11.08.2020 yildagi PQ-4803, 15.09.2020 yildagi PQ-4830, 22.12.2021 yildagi PQ-58, 15.03.2023 yildagi PQ-96-sonli qarorlari, Vazirlar Mahkamasining 11.09.2019 yildagi 761-sonli qarori, loyiha bitimlari, qayta kreditlash to‘g‘risidagi bitimlar hamda boshqa qonunchilik hujjatlari asosida amalga oshiriladi.

“QISHLOQ XO‘JALIGINI STANDARTLASHTIRISH MARKAZI” DUK

QISHLOQ XOʻJALIGIDA BILIM VA INNOVATSIYALAR MILLIY MARKAZI (AKIS)

“AGROSERVIS OPERATOR” DUK

"TUPROQ TARKIBI VA REPOZITORIYSI, SIFATI TAHLIL MARKAZI" DUK