Yaponiya xalqaro hamkorlik Agentligi (JICA) ishtirokida
“Meva-sabzavotchilik tarmog‘ida qo‘shilgan qiymat zanjiri yaratishni rivojlantirish (1-bosqich)” loyihasi
Asos: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 10 apreldagi PQ-4669 sonli qarori. Loyiha kuchga kirishi: Loyiha 2020 yil 11 aprel kuni kuchga kirgan. Loyiha maqsadi: Respublikada meva-sabzavotchilik tarmog‘ini jadal rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlarni o‘z muddatida samarali amalga oshirish, qishloq xo‘jaligi korxonalarining moliyaviy barqarorligini taʼminlash, raqobatbardosh meva-sabzavot mahsulotlari ishlab chiqarishni rivojlantirish. Loyihaning umumiy qiymati: 337,685 mln $, shundan: JICA qarz qiymati – 213,175 mln $, O‘zbekiston Respublikasi hukumat ulushi – 58,980 mln $, loyiha tashabbuskorlari ulushi – 65,530 mln $. Qarz bitimi: 2019 yil 19 dekabrda imzolangan (Qarz bitimi raqami № UZB-P17). Amalga oshirish muddati: 2020-2025 yillar. Qarz shartnomasi yopilish sanasi: 2025 yil 10 aprel. Loyiha hududi: Respublikaning barcha hududlari. |
Loyiha quyidagi 2 ta komponentdan iborat:
1-komponent: kredit liniyasi – 196,601 mln $.
2-komponent: Konsultant – 9,620 mln $.
Moliyalashtirish yo‘nalishlari: meva-sabzavotni yetishtirish, qayta ishlash, quritish, tashish uchun va meva-sabzavotni qayta ishlovchi zamonaviy texnologiyalar sotib olish; agrologistika markazlari, muzlatkichli omborxona tashkil etish, avtorefrijator sotib olish; zamonaviy intensiv bog‘ tashkil etish, gulchilik faoliyatini tashkil etish, zamonaviy issiqxona tashkil etish, tomchilab sug‘orishni tashkil etish (Meva-sabzavotchilik yo‘nalishida), tadbirkorga ajratilayotgan kredit miqdorining 20 foizi aylanma mablag‘lar shakllantirish uchun.
Kreditlar 15 yilgacha muddatga (shundan, 5 yilgacha imtiyozli davri) ajratiladi. Sub-loyihaning qiymati bitta tadbirkor uchun 3 mln. $ gacha, beriladi.
«Taqsimlanmagan mablag‘lar» – 196,601 mln $ mablag‘lar taqsimlangan.
O‘zlashtirish ko‘rsatkichlari: Loyiha boshlangandan buyon 2024 yilning 7 fevraliga qadar 196,6mln.dollar mablag‘lar o‘zlashtirildi. Jumladan, 2023 yil yanvar-dekabr oylarida 4.4mln dollar o‘zlashtirildi.
Yaponiya xalqaro hamkorlik Agentligi (JICA) ishtirokida
“Meva-sabzavotchilik tarmog‘ida qo‘shilgan qiymat zanjiri yaratishni rivojlantirish (2-bosqich)” loyihasi
Asos: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 15-martdagi PQ-96 sonli qarori.
Loyiha kuchga kirishi: Loyiha 2023-yil 16-mart kuni kuchga kirgan.
Loyiha maqsadi: Respublikada meva-sabzavotchilik tarmog‘ini jadal rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlarni o‘z muddatida samarali amalga oshirish, qishloq xo‘jaligi korxonalarining moliyaviy barqarorligini taʼminlash, raqobatbardosh meva-sabzavot mahsulotlari ishlab chiqarishni rivojlantirish.
Loyihaning umumiy qiymati: 323,019 mln $, shundan:
JICA qarz qiymati – 200,0 mln $
O‘zbekiston Respublikasi hukumat ulushi – 58,272 mln $;
loyiha tashabbuskorlari ulushi – 64,747 mln $.
Qarz bitimi: 2022-yil 29-avgustda imzolangan (Qarz bitimi raqami № UZB-F-P17).
Amalga oshirish muddati: 2023-2028-yillar.
Qarz shartnomasi yopilish sanasi: 2028-yil 15-mart
Loyiha hududi: Respublikaning barcha hududlari.
Loyiha quyidagi 2 ta komponentdan iborat:
1-komponent: kredit liniyasi – 194,240 mln $.
2-komponent: Konsultant – 5,760 mln $.
Moliyalashtirish yo‘nalishlari:
meva-sabzavotni yetishtirish, qayta ishlash, quritish, tashish uchun va meva-sabzavotni qayta ishlovchi zamonaviy texnologiyalar sotib olish;
urug‘ yetishtirish, ko‘chatchilik faoliyatini rivojlantirish, mineral o‘g‘itlar ishlab chiqarish;
agrologistika markazlari, muzlatkichli omborxona tashkil etish, avtorefrijator sotib olish;
zamonaviy intensiv bog‘ tashkil etish, gulchilik faoliyatini tashkil etish, zamonaviy issiqxona tashkil etish, tomchilab sug‘orishni tashkil etish (Meva-sabzavotchilik yo‘nalishida), oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash , sok ishlab chiqarish va ularning uskunalarini sotib olish;
lizing kompaniyalari uchun tadbirkorga ajratilayotgan kredit miqdorining 20 foizi aylanma mablag‘lar shakllantirish uchun.
Kreditlar 15 yilgacha muddatga (shundan, 5 yilgacha imtiyozli davri) ajratiladi. Sub-loyihaning qiymati bitta tadbirkor uchun 24,8 mlrd so‘mgacha, beriladi.
«Taqsimlanmagan mablag‘lar» – 101,24 mln $.
O‘zlashtirish ko‘rsatkichlari: Moliya vazirligi, Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi sohasida strategik rivojlanish va tadqiqotlar xalqaro markazi va loyihada ishtirok etuvchi tijorat banklari o‘rtasidagi uch tomonlama Qayta kreditlash to‘g‘risidagi bitim ishtirok etuvchi 5 ta tijorat banklari bilan imzolandi.
Loyiha kredit liniyasi mablag‘lari ishtirok etuvchi tijorat banklariga quyidagicha taqsimlangan:
Turon bank – 7,0 mln $.;
Milliy bank – 10,0 mln $.;
Mikrokredit bank – 30,0 mln $.;
Ipoteka bank – 40,0 mln $.;
Aloqa bank – 6,0 mln $.;
Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA)ning O‘zbekiston vakolatxonasi rahbariyati hamda markazning Loyihani amalga oshiruvchi guruh xodimlari o‘rtasida oktyabr oyida 2-bosqich kredit liniya mablag‘lari doirasida jozibadorlikni oshirish maqsadida, moliyalashtirish yo‘nalishlarini ko‘paytirish (oziq-ovqat sanoati, agro turizm va hkz), Agrolizing va Mikrolizing kompaniyalarini moliyalashtirish bo‘yicha imkoniyatlarni kengaytirish xizmatlarini joriy qilish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazildi hamda rasmiy murojaat xati yuborildi va JICAning bosh shtab-kvartirasidan yuqorida so‘ralgan so‘rovnomalarga ijobiy yaʼni tasdiqlovchi xujjatlar olindi.
Konsultant korxona tomonidan, ishbilarmon tadbirkorlar ishtirokida loyiha doirasidagi mablag‘lardan moliyalashgan fermer xo‘jaliklari xodimlarini savodxonligni oshirish, qishloq xo‘jaligi sohasidagi tadbirkorlik faoliyati hamda loyihada yaratilayotgan imtiyozli kreditlar haqida maʼlumotlar berish, tijorat banklari kredit liniya mablag‘lari doirasida jozibadorlikni oshirilganligi, moliyalashtirish yo‘nalishlarini ko‘paytirilganligi (oziq-ovqat sanoati, agro turizm va hkz) bo‘yicha 2023-yilning 14-dekabr va 19-dekabr o‘quv seminarlari tashkil qilindi.