Forumda “Bog‘dorchilikda qo‘shilgan qiymat zanjirini rivojlantirish” loyihasi doirasida bugungi kunda dunyo bozorida xaridorgir bo‘lgan golubika yetishtirishning boshqa rezavorlarga nisbatan afzalligi, shuningdek, golubika yetishtirishni qo‘llab-quvvatlash, bu borada faoliyat yuritayotgan fermerlarga kredit ajratishning maqbul variantlari xususida so‘z yuritildi.
Bundan tashqari, golubika ekilgandan keyin qanchada hosilga kirish, o‘rtacha bir gektar maydondan olinadigan hosil, doimiy va mavsumiy ishchi kuchi, eksport geografiyasi, golubika yetishtirish uchun yurtimizning qaysi hududlari mos kelishi haqida aniq va manzilli javoblar berildi.
Eslatib o‘tamiz, golubika yetishtirishga qaratilgan mazkur loyiha Yaponiya xalqaro hamkorligi agentligi (JICA) tomonidan moliyalashtirilmoqda.
06.03.2024