Sayt test holatida ishlamoqda !Sayt test holatida ishlamoqda !Sayt test holatida ishlamoqda !Sayt test holatida ishlamoqda !Sayt test holatida ishlamoqda !Sayt test holatida ishlamoqda !Sayt test holatida ishlamoqda !

Hamkorlikda amalga oshirilgan ishlar natijalari o‘rganilmoqda

Asosiy
jpg
Hamkorlikda amalga oshirilgan ishlar natijalari o‘rganilmoqda
Avval xabar qilganimizdek, joriy yilning 12-13-sentabr kunlari Jahon bankining Yevropa va Markaziy Osiyo qishloq xo’jaligi va oziq-ovqat bo’yicha amaliyot direktori Xolger Kreyning O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi sohasida strategik rivojlanish va tadqiqotlar xalqaro markazida bo‘ldi.
Markazda Qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Alisher Shukurov hamda Markaz direktori Shoxrux Akramov bilan loyihalar natijadorligi va kelgusi rejalarga bog‘ishlangan uchrashuvdan so‘ng Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki ishtirokidagi “Farg‘ona vodiysida qishloq tadbirkorligini rivojlantirish” loyihasi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishish, sub-loyihalarni ko‘zdan kechirish va sub-loyiha tashabbuskorlari bilan uchrashush maqsadida Farg‘ona, Andijon va Namangan viloyatlariga jo‘nab ketdi.
Dastlab, Jahon banki vakillari Farg‘ona viloyati veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasi mutasaddilari bilan uchrashuvda ishtirok etdi. Mazkur uchrashuvda viloyatdagi chorvachilikni rivojlantirish yo‘nalishidagi oxirgi o‘zgarishlar, mavjud muammo va yutuqlar, kelajakdagi rejalar hamda Jahon banki hamkorligida amalga oshirilayotgan loyihalar bo‘yicha fikr almashildi.
Shundan so‘ng Farg‘ona tumanidagi nasldor zotli sigirlarni ko‘paytirish va sutchilik bilan shug‘ullanuvchi “ISTIQLOL VODIY TONGI” korxonasiga tashrif buyurildi. Tashrif davomida korxonada yo‘lga qo‘yilgan ishlar bilan tanishildi. Jahon banki kredit liniyasi hisobiga xarid qilingan qoramollarning hozirgi ahvoli o‘rganildi.
Mazkur loyihaga jami 158,4 ming dollar kredit yo‘naltirilgan bo‘lib, chorvachilik uskunalaridan tashqari Avstriyadan 64 bosh qoramol xarid qilinishi uchun sarflangan.
Jahon banki vakillari loyiha tashabbuskorlari bilan batafsil suhbatlashdi va o‘zlarini qiziqtirgan ko‘plab savollarga javob olishga muvaffaq bo‘ldi. Shuningdek, loyiha tashabbuskorlaridan subloyihani kengaytirish bo‘yicha bir qancha takliflar bildirildi. Va o‘z navbatida, takliflar bo‘yicha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar kelishib olindi.


12.09.2024

30