Sayt test holatida ishlamoqda !Sayt test holatida ishlamoqda !Sayt test holatida ishlamoqda !Sayt test holatida ishlamoqda !Sayt test holatida ishlamoqda !Sayt test holatida ishlamoqda !Sayt test holatida ishlamoqda !

Navbatdagi manzil Andijon

Asosiy
jpg
Navbatdagi manzil Andijon
Loyiha doirasida bir qator viloyatlar singari Andijon viloyati uchun ham na’muna bo‘ladigan darajadagi tashabbuskorlar faoliyati moliyalashtirilgan. Xususan, Jahon banki vakillari Andijon shahrida joylashgan “QANDOLAT UYI BANANZA” MCHJ subloyihasiga tashrif buyurib, uning hozirgi holati bilan tanishdi.


Mazkur loyiha qandolatchilik mahsulotlarini ishlab chiqarishga mo‘ljallangan.


Korxona faoliyatini boshlash maqsadida Jahon banki mablag‘laridan 250 ming AQSh dollari miqdoridagi kredit mablag‘larini olgan. Hozirgi kunga kelib esa yiliga 305 tonna qandolat mahsulotlarini ishlab chiqarish imkoniyatiga ega bo‘ldi.
Bundan tashqari, korxona loyiha doirasida sutni qayta ishlash uskunasini ham xarid qilgan hamda hozirda mazkur uskunadan samari foydalanib kelmoqda.
Keyingi o‘rganish manzili esa Andijon tumanidagi “BEST IMPEKS TEXTILE” MCHJ bo‘ldi. Tekstil mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi mazkur korxona 2022-yilda moliyalashtirilgan bo‘lib, “Farg‘ona vodiysida qishloq tadbirkorligini rivojlantirish” loyihasi kredit liniyasi mablag‘laridan 2 million dollar miqdorida kredit mablag‘i olgan. Hozirda korxona yiliga 4000 tonnaga yaqin tayyor mahsulot ishlab chiqarish imkoniyatiga ega. Ushbu mahsulotlarning katta qismi esa eksportga yuborilganligi diqqatga sazavordir.
Tashrif a‘zolari tekstil mahsulotlarini ishlab chiqarishning barcha bosqichlari bilan tanishib chiqdilar hamda korxona faoliyatidan ko‘pgina jihatlarni e‘tirof etish lozimligini ta’kidladilar.
Mazkur tashriflardan so‘ng Jahan banki vakili Holger Krey tashrif taassurotlari bilan bo‘lishdi va qilinayotgan ijobiy ishlarga yuqori baho berib, boshqa mintaqalardan ham bunday ishlarni ko‘paytirish bo‘yicha o‘zining fikrlarini bildirib o‘tdi.


13.09.2024

29