2024 yilning 23 sentabr kuni Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish xalqaro jamg‘armasi (Italiya) ishtirokida “Qishloq xo‘jaligini diversifikatsiya va modernizatsiya qilish” loyihasining navbatdagi “Kuzatuv missiyasi” yurtimizda o‘z ishini boshladi.
Faoliyatning ilk kunida Markaz direktori Shoxrux Akramov, Jamg‘armaning yurtimizdagi direktori Laura Matteoli, missiya rahbari Agnees Deshormes hamda boshka yetakchi mutaxassislar bilan boshlang‘ich uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv davomida joriy yilning 23 sentabridan 2 oktabr kuniga qadar “Kuzatuv missiya”sining rejalari, shu kunga qadar loyiha doirasida amalga oshirilgan ishlar va kelgusi rejalar borasida fikr almashinildi.
Missiya vakillari ayni kunlarda loyiha doirasida amalga oshirilgan ishlarni o‘rganish maqsadida respublikamizning bir qator viloyatlarida bo‘lib turibdi.
23.09.2024