Sayt test holatida ishlamoqda !Sayt test holatida ishlamoqda !Sayt test holatida ishlamoqda !Sayt test holatida ishlamoqda !Sayt test holatida ishlamoqda !Sayt test holatida ishlamoqda !Sayt test holatida ishlamoqda !

Xalqaro hamkorlikda ilmiy salohiyat muhim omil hisoblanadi

Asosiy
jpg
Xalqaro hamkorlikda ilmiy salohiyat muhim omil hisoblanadi
Mamlakatimizda 3-7 оktyabr kunlari Qishloq xo‘jaligi vazirligi tashabbusi bilan “VIII Butunjahon paxta tadqiqot konferensiyasi" bo‘lib o‘tdi.
Mazkur konferensiyaga turli mamlakatlardan kelgan expertlar, olimlar, shuningdek, 177 ta paxta-to‘qimachilik klasterlari va korxonalari ishtirok etdi.
Markaz direktorining ilmiy ishlar va strategik tahlil bo‘yicha birinchi o‘rinbosari Dilfuza Egamberdieva ham mazkur konfrensiyada ishtirok etib, “Xalqaro maslahat qoʻmitasi (ICAC) yalpi majlisida “World Café” sessiyasiga raislik qildi. Sessiyada ekspertlar, olimlar va soha mutaxassislari paxta yetishtirishda barqarorlik va sifatni oshirish masalalari borasida fikr almashdilar.
Xususan, tabiiy va sun’iy tolalar uchun kuzatuv talablari, iqlim o‘zgarishiga moslashgan regenerativ paxta yetishtirish imkoniyatlari hamda paxta to‘qimachilik sohasidagi eng yangi texnologiyalar haqida ma'lumotlar taqdim etildi.
Iqlim o‘zgarishi va suvdan foydalanish bo‘yicha mahalliy sharoitlarga mos bo‘lgan innovsion yechimlar taklif etildi.
Ushbu muhokamalardan olingan tavsiya va takliflar barqaror paxta yetishtirish amaliyotini ilgari surish va to‘qimachilik sanoati samaradorligini oshirishga xizmat qilishiga ishonamiz.

08.10.2024

4