Sohaga oid tajriba almashish-Yaponiya
🇺🇿🤝🇯🇵 Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi sohasida strategik rivojlanish va tadqiqotlar xalqaro markazining Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) ishtirokidagi “Meva-sabzavotchilik tarmog‘ida qo‘shilgan qiymat zanjiri yaratishni rivojlantirish” loyihasi doirasida qishloq xo‘jaligi sohasida ilg‘or tajribalarni o‘rganish va o‘zaro tajriba almashish maqsadida xorijiy davlatlariga xizmat safarlari tashkil etish ko‘zda tutilgan.
🌐 Shu munosabat bilan, joriy yilning 7-15 oktabr kunlari Markaz direktori Shoxrux Akramov boshchiligida delegatsiya a’zolari Yaponiya mamlakatida qishloq xo‘jaligi sohasida olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishish hamda mamlakatimizda sohaga oid yangiliklarni joriy etish maqsadida mazkur davlatda bo‘lib turibdi.
✅ Xizmat safarining ilk kunida qishloq xoʻjaligi sohasini rivojlantirish bo‘yicha mutaxassis, Tokio universiteti faxriy professori doktor Yamaji Eijining amaliy seminarida ishtirok etdilar.
10.10.2024