🌐 Ayni kunlarda Yaponiya davlatida xizmat safarida bo‘lib turgan delegatsiya a’zolari qishloq xo‘jaligi sohasidagi yangiliklar hamda oziq-ovqat xavfsizligi va taqchilligini oldini olish borasida olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishishda davom etmoqda.
Xususan, mamlakatning Oarai shahrida joylashgan “Ibaraki prefecture”da bo‘ldilar.
Mazkur hudud shahardagi eng yirik baliq ikrasi ishlab chiqarishga mo‘ljallangan korxonada bo‘lib, kuniga besh tonna baliq ikrasini ishlab chiqarish quvvatiga egadir.
Ayni kunda korxonada 100 nafar ishchi faoliyat olib boradi.
Siz bu yerga tashrif buyursangiz judayam katta qilib o‘rnatilgan oyna ortida ishchilarning ikrani qayta ishlash jarayonlarining har bir bosqichiga guvoh bo‘lishingiz, tatib ko‘rishingiz va xarid qilishingiz mumkin.
11.10.2024