Bugun O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi sohasida strategik rivojlanish va tadqiqotlar xalqaro markazi tomonidan “Qishloq xo‘jaligida kooperatsiya munosabatlarini rivojlantirish asosida tarmoqda qo‘shilgan qiymat zanjirini yaratish yo‘llari” mavzusida xalqaro miqyosdagi ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi. |
Tadbirni O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi sohasida strategik rivojlanish va tadqiqotlar xalqaro markazi direktori Shoxrux Akramov ochib berdi.
Ushbu ilmiy-amaliy anjumandan ko‘zlangan asosiy maqsad, bozor tamoyillariga asoslangan qishloq xo‘jaligini barpo qilishda kooperatsiya munosabatlarini qaror toptirish asosida xo‘jalik subyektlarining o‘zaro hamkorligini rivojlantirish, sohaning barqarorligini ta’minlash bo‘yicha ilmiy-amaliy jihatdan asoslangan takliflar ishlab chiqishdir.
Xalqaro miqyosdagi ilmiy-amaliy anjumanda sohada kooperatsiya munosabatlarini rivojlantirish asosida tarmoqda qo‘shilgan qiymat zanjirini rivojlantirish bo‘yicha navbatdagi vazifalar aniqlandi va ularning yechimi yuzasidan quyidagi takliflar shakllantirildi:
10.03.2024