Navbatdagi manzil Orchard shahridagi “Forest Park Melon no Mori” (Melon no Mori o‘rmon parki) fermer xo‘jaligi bo‘ldi.
Mazkur qovun yetishtirishga mo‘ljallangan 10 gektar maydonni o‘z ichiga olgan fermer xo‘jaligida 20 dona eng so‘nggi zamonaviy agrotexnik texnologiyalar bilan ta’minlangan issiqxonalar mavjud.
E’tiborga molikligi va hayratlanarli jihati ushbu issiqxonada yetishtirilayotgan bir dona qovun tupidan faqat bir dona qovun hosili olinishidir.
Bu yerda qovunning hosilini terish muddatiga qarab, yashil "Hokota" va "Sayaka" hamda yashil-qizil "Quincy" va "Earls (niqob) qovun" kabi turli xil navlari yetishtiriladi.
Bitta qovun narxi 35-40 AQSh dollari atrofida bo‘lib, ichki bozorga hamda eksportga yo‘naltiriladi. Yillik eksportdan tushadigan sof daromad 3 mln dollarni tashkil etadi.