Delegatsiya a’zolari xizmat safarini davom ettirib, "Roadside Station Joso" fermerlar do‘konida bo‘lishdi.
🍓Ha, haqiqatdan ham fermerlar do‘koni. Mahalliy fermerlar yetishtirgan mahsulotlarini o‘zlarining brendi ostida, narxini baholagan holda topshirishadi hamda daromad olishadi.
✔️Mazkur do‘kon 20 ming kvadrat metr joyda tashkil etilgan bo‘lib, bu yerdan nafaqat meva-sabzavot, balki qayta ishlab chiqarilgan mahsulotlarning sarasini topish mumkin.
🧍♂️Ushbu do‘konning yana bir o‘zgacha tomoni mahalliy faxriy va na’munali fermerlarning suratlari bilan devorlari bezatilganidir.
11.10.2024