Sayt test holatida ishlamoqda !Sayt test holatida ishlamoqda !Sayt test holatida ishlamoqda !Sayt test holatida ishlamoqda !Sayt test holatida ishlamoqda !Sayt test holatida ishlamoqda !Sayt test holatida ishlamoqda !

Kichik va o‘rta biznesni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash borasidagi hamkorlik uchrashuvi

Asosiy
jpg

IMG_20241106_091414_356.jpg Kichik va o‘rta biznesni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash borasidagi hamkorlik uchrashuvi


Kuni kecha Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi sohasida strategik rivojlanish va tadqiqotlar xalqaro markazida Markaz direktori Shoxrux Akramov, markazning bir qator mas’ul xodimlari hamda Germaniya taraqqiyot banki (KfW)  loyiha portfolio menedjeri Yasin bin Sayid, loyihaning O‘rta Osiyo va Kavkaz bo‘yi guruh rahbari Xelli Xenebri xonim ishtirokida “Germaniya taraqqiyot banki” (KfW) ning “Kichik va o‘rta biznesni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash” loyihasi doirasida  uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.


Ushbu uchrashuvdan ko‘zlangan asosiy maqsad, Germaniya taraqqiyot banki (KfW) tomonidan kichik va o‘rta biznesni rivojlantirish maqsadida loyiha doirasida amalga oshirilayotgan ishlar, kreditdan foydalanish Nizomi va Qaytakreditlash bitimini tasdiqlash jarayoni, loyiha doirasida yollangan konsultant kompaniyaning amalga oshirayotgan ishlari, xususan ushbu boshlangan ishlarning hozirgi kundagi holati borasida so‘z bordi. 


Loyiha doirasidagi kredit mablag‘lari iqtisodiyotning barcha sohalariga, shu jumladan, meva-sabzavotchilik, chorvachilik, qishloq tadbirkorligi va boshqa yo‘nalishlarda barcha tadbirkorlar uchun ajratilishi belgilab o‘tilgan.


Loyihanig  1 va 2 – fazalarida kichik va o‘rta biznesni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash ishlarining tez kunlarda boshlanishi, loyiha doirasida muammolar mavjud bo‘lgan taqdirda birgalikda hal etish hamda kelgusidagi hamkorlik ishlarini bosqichma-bosqich ko‘rib chiqilishi borasida fikr almashinildi.IMG_20241106_091414_573.jpg

05.11.2024

39