Xizmat safari davom etmoqda
🇺🇿🤝🇹🇷 Joriy yilning 16-25 noyabr kunlari Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi sohasida strategik rivojlanish va tadqiqotlar xalqaro markazi direktori Shoxrux Akramov hamda Qishloq xo‘jaligi texnikasi va texnologilarini sertifikatlash va sinash markazining bir qator mutasaddi rahbar va xodimlari ishtirokidagi dilegatsiya a’zolari ayni kunlarda sohaga oid tajriba almashish maqsadida Turkiya davlatida xizmat safarida bo‘lib turganliklari to‘g‘risida xabar qilgan edik.
♻️ Xizmat safarining so‘ngi kunlarida delegatsiya a’zolari Istambul shahridagi “CGC Test Merkezi” faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.
🖇 Mazkur markazda sinov laboratoriyasida qo‘llanilayotgan zamonaviy o‘lchash va sinash vositalari, sinov stendlari bilan tanishildi hamda kelgusida sohaga oid hamkorlik qilish borasida fikr almashildi.
✅ Bundan tashqari, elektromagnit moslashuvchanlik ko‘rsatkichlarini aniqlash bo‘yicha o‘quv trening ham o‘tkazildi.
25.11.2024