Korrupsiya-millat zavoli
Joriy yilning 27 noyabr kuni Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi sohasida strategik rivojlanish va tadqiqotlar xalqaro markazida markazning mas’ul xodimlari Sh.Eshonov hamda A.Mavlonov tomonidan O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi hamda “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi Qonunlarining mazmun-mohiyati, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish Milliy kengashi majlisining 16-sonli bayoni, 2-ilovasi 5,6-bandlarida belgilangan “Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi” va “Ochiq eshiklar kuni” tadbirlari doirasida barcha xodimlar ishtirokida tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbir davomida, Markazning ichki tartib-qoidalari, korrupsiyaviy huquqbuzarliklar, ularning kelib chiqishi sabablari hamda salbiy oqibatlari, xodimlarning huquqiy ongi, huquqiy madaniyatini oshirish va korrupsiyaviy holatlarning har qanda ko‘rinishini oldini olish borasida so‘z bordi.
28.11.2024