🌾 “Qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish” loyihasi doirasida sohaga oid imkoniyatlar
2020 yildan buyon O‘zbekiston hukumati Jahon banki ko‘magida “Qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish” loyihasini amalga oshirmoqda. Ushbu loyiha nafaqat fermerlar, balki qishloq xo‘jaligi bilan shug‘ullanishni xohlagan har bir tadbirkor uchun ham ochiqdir.
Loyihaning asosiy imkoniyatlari:
- Zamonaviy agrotexnologiyalarni joriy etish va texnik yordam.
- Mahsulot sifati va assortimentini oshirish.
- Biznesni rivojlantirish uchun imtiyozli kreditlar olish.
- Mahalliy va xalqaro bozorlarga chiqish uchun yordam.
💼 Loyihada tijorat banklari ishtirok etib, ular loyiha mablag‘laridan fermerlar va agrokorxonalarga imtiyozli kreditlar berishmoqda.
- O‘zbekiston Milliy banki
- Ipoteka-bank
- Turonbank
- Biznesni rivojlantirish banki
📌 Kredit olish uchun loyihangiz Jahon bankining Ijtimoiy-ekologik standartlariga (IES) mos bo‘lishi kerak. Ushbu talablar atrof-muhitni muhofaza qilish va ijtimoiy xavflarni kamaytirishga qaratilgan.
11.12.2024