Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yiliAtrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yiliAtrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yiliAtrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yiliAtrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yiliAtrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yiliAtrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili

“Qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish” loyihasini amalga oshirishga jalb qilingan “O‘zbekiston Milliy banki”, “Ipoteka-bank”, “Turonbank” va “Biznesni rivojlantirish banki”ning ijtimoiy-ekologik masalalar bo‘yicha mutaxassislari ishtirokida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Asosiy
jpg

Joriy yilning noyabr oyi oxirida Jahon bankining Toshkentdagi vakolatxonasida O‘zbekiston hukumati hamda Jahon banki ko‘magida “Qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish” loyihasini amalga oshirishga jalb qilingan “O‘zbekiston Milliy banki”, “Ipoteka-bank”, “Turonbank” va “Biznesni rivojlantirish banki”ning ijtimoiy-ekologik masalalar bo‘yicha mutaxassislari ishtirokida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.


Ushbu banklarning “Qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish” loyihasining benefitsiarlari bo‘lgan ularning qarzdorlari tomonidan amalga oshirilayotgan subloyihalar doirasida ijtimoiy-ekologik xavflarni boshqarish va monitoring qilish mexanizmlari samaradorligi auditi natijalari taqdim etildi.


Taqdimot davomida ta’kidlanishicha, o‘tkazilgan audit yuqorida nomi keltirilgan banklarning faoliyati Jahon bankining IESga qoniqarli darajada muvofiqligini ko‘rsatdi. Shu bilan birga, bu yo‘nalishda yanada takomillashtirish imkoniyatlari mavjud. Loyiha benefitsiarlari amalga oshirayotgan subloyihalarning ekologik va ijtimoiy jihatlarini qo‘llab-quvvatlash uchun zarur bo‘lgan bank ichki tuzilmalari yaratilganligi qayd etildi.

Shuningdek, banklarning biznesini rivojlantirish strategiyasining bir qismi sifatida banklarning o‘z ichida ekologik, ijtimoiy va korporativ boshqaruv (ESG) tizimlarini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar taqdim etildi.
















11.12.2024

65