Bugun O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi sohasida strategik rivojlanish va tadqiqotlar xalqaro markazi direktori Shoxrux Akramov hamda “Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki hamda Xalqaro taraqqiyot uyushmasi ishtirokida “O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish” loyihasi menejeri Ramin Gasanov va bir qator mas’ul xodimlar bilan birgalikda Samarqand viloyatida joylashgan Agroxizmatlar (AKIS) markazida bo‘ldilar. Xizmat safarida davomida 98%ga yakunlanayotgan qurilish-montaj ishlarining borishi va ularning sifat darajasi hamda yakuniy ishlarining olib borilishi bilan tanishdilar.
“Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki hamda Xalqaro taraqqiyot uyushmasi ishtirokida “O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish” loyihasi tomonidan Agroxizmatlar (AKIS) markazning qurilish-montaj ishlarini bajarish maqsadida qariyb 2 mln. dollar grant mablag‘lari ajratilgan.
16.12.2024