Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yiliAtrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yiliAtrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yiliAtrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yiliAtrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yiliAtrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yiliAtrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili

“O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish”

Asosiy
jpg
Bugun xizmat safari davomida Markaz direktori Shoxrux Akramov hamda Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki hamda Xalqaro taraqqiyot uyushmasi ishtirokida “O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish” loyihasi menejeri Ramin Gasanov, hududdagi Markaz vakillari va bir qator mas’ullar navbatdagi moliyalashtirilgan hudud, ya’ni O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirligi huzurida Urug‘chilikni rivojlantirish markazining Andijon viloyatida joylashgan hududiy bo‘limida bo‘ldilar hamda u yerda shu kunga qadar amalga oshirilgan ishlar bilan tanishdilar.
Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki hamda Xalqaro taraqqiyot uyushmasi ishtirokida “O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish” loyihasi doirasida urug‘ va ko‘chat yetishtirish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirligi huzurida Urug‘chilikni rivojlantirish markaziga 26,5 mln AQSh dollari miqdorida mablag‘ ajratilgan.
Ushbu mablag‘lardan Urug‘chilikni rivojlantirish Markazining Andijon viloyati hududiy bo‘limiga uskunalarni yetkazib berish uchun 2,4 mln AQSh dollari miqdorida shartnomalar imzolangan hamda bugungi kunda shartnoma shartlariga asosan barcha ishlar amalga oshirilgan.



17.12.2024

69