Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yiliAtrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yiliAtrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yiliAtrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yiliAtrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yiliAtrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yiliAtrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili

JICA loyihasi doirasida o‘quv-amaliy seminari tashkil etildi

Asosiy
jpg

JICA loyihasi doirasida o‘quv-amaliy seminari tashkil etildi


Joriy yilning 20-21 dekabr kunlari Yaponiya xalqaro hamkorlik Agentligi (JICA) ishtirokidagi “Meva-sabzavotchilik tarmog‘ida qo‘shilgan qiymat zanjiri yaratishni rivojlantirish loyihasi” doirasida tashkil etilgan  Toshkent viloyatining Parkent tumanidagi Kumushkon-1 manzilida joylashgan “Edelweiss Hotel&Resort”ning konferensiya zalida o‘quv-amaliy seminari tashkil etildi.


Mazkur seminarda Qishloq xo‘jaligi vazirligining bir qator mas’ullari, Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi sohasida strategik rivojlanish va tadqiqotlar xalqaro markazi xodimlari, bir qator tijorat banklari hamda fermerlar, shu bilan birga, loyiha konsultantlari ishtirok etmoqdalar. 

O‘quv-amaliy seminarda qishloq xo‘jaligi strategiyasi, sohani moliyalashtirish va uning natijadorligi, har bir loyihaning ekologik xavfsizligini o‘rganish, ishga tushirilgan loyihalarda faoliyat olib borayotgan ishchi-xodimlarning mehnat qonunchiligiga muvofiq ishlashini ta’minlash va gender tengligi yondashuvini samarali tashkil etish borasida fikrlar almashildi.

Loyiha doirasida bir qator mamlakatlardan eng malakali ekspertlar jalb qilingan bo‘lib, Elena Kreuzzberg (Kanada), Narina Kydyralieva (Kirgiziya), Elvira Suvanova (Kirgiziya), Azamat Mamytov (Kirgiziya)dan iboratdir.

O‘z navbatida, loyiha tomonidan yil davomida tashkil etilib kelinayotgan o‘quv-amaliy seminarlarida malakali mutaxassislar ishtirok etib, xalqaro darajada tajriba almashinilishi uchun hissa qo‘shib kelmoqdalar.













20.12.2024

63