🇪🇸 Chorvachilik sohasida tajriba almashish – Ispaniya 🌍
Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi sohasida strategik rivojlanish va tadqiqotlar xalqaro markazining Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish xalqaro jamg‘armasi (IFAD) ishtirokidagi “Qishloq xo‘jaligini diversifikatsiya va modernizatsiya qilish” loyihasi doirasida veterinariya va chorvachilik sohasida ilg‘or tajribalarni o‘rganish va o‘zaro tajriba almashish maqsadida xorijiy davlatlarga xizmat safarlari tashkil etish ko‘zda tutilgan. ✈️📚
📅 20-24 dekabr kunlari Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi va markaz xodimlari Ispaniya davlatida chorvachilik sohasida olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishish hamda mamlakatimizda sohaga oid yangiliklarni joriy etish maqsadida mazkur davlatda bo‘lib turibdi. 🤝🌱
🏞 Xizmat safarining ilk kuni delegasiya a’zolari Jerona provinsiyasidagi “La Fageda” korxonasiga tashrif buyurib, chorva hayvonlarini parvarishlash, ozuqa yetishtirish hamda sut mahsulotlarini qayta ishlash amaliyoti va tajribalarini o‘rganishdi. 🥛🐂
ℹ️ Mazkur xizmat safari haqida batafsil ma’lumotlar taqdim etib boriladi.
23.12.2024