🌍 Oziq-ovqat va qishloq xo'jaligi sohasida strategik rivojlanish va tadqiqotlar xalqaro markazida CNFA (USA) Koordinatori Temujin Bullock bilan uchrashuv
Kuni kecha Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi sohasida strategik rivojlanish va tadqiqotlar xalqaro markazi (ISCAD) Cultivating New Frontiers in Agriculture (CNFA, USA) koordinatori Temujin Bullockni qabul qildi.
CNFA tashkiloti qishloq xo‘jaligini rivojlantirish, fermerlar va agrobizneslar uchun bozorga asoslangan yondashuvlarni takomillashtirish, ilg‘or texnologiyalar va innovatsiyalarni joriy etish yo‘nalishida faoliyat olib boradi.
Ushbu uchrashuv doirasida: Iqlimga mos qishloq xo‘jaligi strategiyalari, resurs tejovchi texnologiyalarni joriy etish, agrobiznesni rivojlantirish va global bozorga moshlashtirish, biologik xilma-xillikni saqlash va rivojlantirish, ilmiy salohiyatni oshirish va innovatsion yechimlarni tatbiq etish hamda kelajakdagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.
30.01.2025