Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yiliAtrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yiliAtrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yiliAtrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yiliAtrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yiliAtrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yiliAtrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili

Jahon bankining yangilangan ekologik va ijtimoiy baholash shaklini muhokama qilish yig‘ilishi o‘tkazildi

Asosiy
jpg

Jahon bankining yangilangan ekologik va ijtimoiy baholash shaklini muhokama qilish yig‘ilishi o‘tkazildi


Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi sohasida strategik rivojlanish va tadqiqotlar xalqaro markazida Jahon bankining “O‘zbekiston Respublikasida qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish” loyihasining 2-komponenti doirasida ishtirok etuvchi moliya tashkilotlari (banklar va agrolizing tashkilotlari) orqali ajratiladigan kreditlarni ekologik va ijtimoiy baholash maqsadida yangilangan baholash shaklini muhokama qilish bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazildi.


Yig‘ilish davomida yangilangan baholash shakli mohiyati, uning savollari va talablari ko‘rib chiqildi hamda  ushbu yangilangan shakl ishtirokchilar tomonidan ma’qullandi.


Mazkur baholash shaklining mazmun-mohiyati borasida loyiha mas’ullari tomonidan hududlarda viloyat va tuman vakillari (banklar va agrolizing tashkiloti) ishtirokida  o‘quv-treninglarni amalga oshirish rejalashtirib olindi.










03.02.2025

53