Sog'lom ovqatlanish - sog'lom hayot
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 16 fevraldagi "Respublikada oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi 36-sonli Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 21-fevraldagi 83-sonli "2030-yilgacha bo‘lgan davrda barqaror rivojlanish sohasidagi milliy maqsad va vazifalarni amalga oshirishni jadallashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirligi hamda Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi sohasida strategik rivojlanish va tadqiqotlar xalqaro markazi tomonidan qator ishlar amalga oshirilib kelinmoqda.
Ayni daqiqada mazkur ko‘rsatmalar ijrosini ta’minlash maqsadida Toshkent shahrida joylashgan “Panarams” mehmonxonasida oziq-ovqat xavfsizligi sohasidagi ilmiy izlanishlarni qo‘llab quvvatlash maqsadida Qishloq xo‘jaligi vazirligi(QXV), Sog‘liqni saqlash vazirligi(SSV), Yevropa Itttifoqi tomonidan moliyalashtiriladigan va AGRINATURA tomonidan tashkil qilingan “Nutrition Research Facility (NRF)”, BMTning “UNICEF” va “FAO” xalqaro tashkilotlari hamkorligida respublika miqyosida sog‘lom ovqatlanish sifati va miqdori bo‘yicha so‘rovnoma o‘tkazish yuzasidan 5 kunlik trening hamda 15,000 ta uy xo‘jaligini jamlagan so‘rovnoma o‘tkazilishi tartibi va natijalari tahliliga bag‘ishlangan o‘quv-seminari bo‘lib o‘tmoqda.
Ushbu tadbir ikki bosqichda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.
- birinchi bosqich 2025 yilning 5-10 fevral kunlari o‘tkaziladi. Ushbu bosqichda Nutrition Research Facility (NRF) UNICEF bilan hamkorlikda Markaz (ISCAD) xodimlariga so‘rovnoma o‘tkazish bo‘yicha malaka oshirish treninglari tashkil qilinadi;
- so‘rovnomaning ikkinchi bosqichi respublikamizning barcha viloyatlarida 15,000 ta uy xo‘jaligini qamrab olib, ovqatlanish tartibi, sifati, miqdori, ozuqa tanqisligi va nomutanosibligi haqida ma’lumotlar to‘plashni o‘z ichiga oladi.
Mazkur amaliyotdan ko‘zlangan asosiy maqsad, ushbu hamkorlik doirasida O‘zbekistonning turli hududlarida aholining oziqlanish holati, oziq-ovqat me’yorlari va ovqatlanish tartibini chuqur tahlil qilish, shuningdek, bu boradagi strategiyalarni yaxshilashga qaratilgan hamda mamlakatimizda sog‘lom ovqatlanish bo‘yicha ilmiy asoslangan ma’lumotlar bazasini shakllantirishga xizmat qiladi.
05.02.2025