Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yiliAtrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yiliAtrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yiliAtrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yiliAtrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yiliAtrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yiliAtrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili

Bugungi kunda mamlakatimizda ayollarning ijtimoiy va iqtisodiy holatini yaxshilash, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Asosiy
jpg

Bugungi kunda mamlakatimizda ayollarning ijtimoiy va iqtisodiy holatini yaxshilash, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.  


Bu yo‘nalishda Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi sohasida Strategik rivojlanish va tadqiqotlar xalqaro markazi tomonidan Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki ishtirokida “Farg‘ona vodiysida qishloq tadbirkorligini rivojlantirish” loyihasi amalga oshirilmoqda. Ushbu loyiha doirasida Farg‘ona viloyatida bir qator muhim ishlar bajarildi.  


Loyihaning Gender tengligi va ijtimoiy himoya bo‘yicha mutaxassisi Shoxsanam Abduraxmonovaning ta’kidlashicha, mazkur loyiha doirasida 187 ta subloyiha moliyalashtirilgan bo‘lib, ulardan 27 tasi ayol tadbirkorlar tomonidan tashkil etilgan. Shuningdek, mikrokreditlar asosida 319 ta kichik loyiha moliyalashtirilib, natijada 309 ta yangi ish o‘rni yaratilgan. Ushbu ish o‘rinlarining katta qismini — 189 tasini ayollar tashkil etadi.  


Bundan tashqari, loyiha doirasida ajratilgan subkreditlar hisobidan moliyalashtirilgan kichik loyihalar mahalliy ayollar va yoshlarga bandlik yaratishga qaratilgan. Viloyat miqyosida loyiha doirasida jami 3 645 ta yangi ish o‘rni yaratilgan bo‘lib, ulardan 2 080 tasi ayollar va yoshlar, 1 565 tasi esa erkaklar hissasiga to‘g‘ri keladi.  


Shuningdek, har olti oyda bir marta mutaxassislar tomonidan gender tengligi va ijtimoiy himoya holatini o‘rganish, amalga oshirilgan ishlar natijalarini tahlil qilish ishlari olib boriladi.  


Birgina misol, 2023-yil 25-dekabr kuni Farg‘ona viloyati, Toshloq tumanida “JAHON AZIZ PLAST” MCHJ subloyihasi ishga tushirildi. Loyiha umumiy qiymati 511,4 ming AQSH dollarini tashkil etib, Jahon banki tomonidan 350 ming AQSH dollari miqdorida kredit mablag‘i ajratildi. Natijada, “JAHON AZIZ PLAST” MCHJ tomonidan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qadoqlash uchun plastik idishlar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi. Bu esa 16 nafar (8 nafar ayol, 8 nafar erkak) doimiy va 25-30 nafar mavsumiy ish o‘rinlari yaratishga imkon berdi.








12.02.2025

44