Agrar sohada oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalarining xalqaro hamkorligi
Joriy yilning 14-15-fevral kunlari Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar institutida “Agrar sohadagi oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalarida xalqaro hamkorlikni yanada rivojlantirish” mavzusidagi netvorking tadbir bo‘lib o‘tdi.
Mazkur netvorking tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tizimidagi oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari rahbarlari, Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi sohasida strategik rivojlanish va tadqiqotlar xalqaro markazi mas’ullari, xalqaro hamkor tashkilotlar, grant loyihalari rahbarlari hamda bir qator xorijiy ekspertlar ishtirok etdilar.