Joriy yilning 19-20 fevral kunlari yurtimizda qishloq xo‘jaligi sohasiga oid “Barqaror rivojlanish uchun ko‘p yillik va ko‘p tarmoqli tadqiqotlarni ilgari surish” mavzusidagi forum bo‘lib o‘tdi.
Forumda qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat xavfsizligi sohasida xalqaro va milliy darajadagi nufuzli mutaxassislar ishtirok etdi. Jumladan:

Dr. Shuxrat Otajanov – Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi (AKIS) bosh direktori

Toyvo Klaar – Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi elchisi

Feras Ziadat – BMT Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) yer va suv resurslari bo‘yicha mutaxassisi, shuningdek, BMT Tuproq va chang bo‘ronlariga qarshi kurash koalitsiyasi raisi

Dr. Dilfuza Egamberdieva – Xalqaro oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligini strategik rivojlantirish va tadqiqotlar markazi (ISCAD) direktori o‘rinbosari.