Joriy yilning 19-22 fevral kunlari Belarusiya Respublikasi vakili Pashkevich Olga Aleksandrovna Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi sohasida strategik rivojlanish va tadqiqotlar xalqaro markazi hamda Belarusiya milliy fanlar akademiyasi qishloq xo‘jaligi tizimli tadqiqotlar instituti respublika ilmiy unitar korxonasi o‘rtasida tuzilgan ilmiy hamkorlik to‘g‘risidagi memorandumga asosan mamlakatimizga tashrif buyurdi hamda Markaz mutasaddilari bilan uchrashdi.
Hamkorlik tashrifining asosiy maqsadlari quyidagilardan iborat:
- tomonlarning ilmiy-texnik salohiyatini mustahkamlash;
- har ikki tomonning ilmiy muassasalari va tashkilotlari o‘rtasidagi aloqalarni rivojlantirish hamda kengaytirish;
- ilmiy hamkorlikka ko‘maklashish va o‘zaro manfaatli sohalarda qo‘shma ilmiy ishlanmalarni amaliyotga tatbiq etishga ko‘maklashish,