Zamonaviy agrologistika markazlarini bunyod etilishida navbatdagi ekologik hisobot
Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi sohasida strategik rivojlanish va tadqiqotlar xalqaro markazi tomonidan Osiyo taraqqiyot banki ishtirokidagi “Meva-sabzavotchilik tarmog‘ida qo‘shilgan qiymat zanjiri infratuzilmasini rivojlantirish” loyihasi doirasida Andijon va Samarqand agrologistika markazlarini tashkil etilishi borasida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, bu borada qurilish ishlarini tashkil etishdan oldin mavjud qurilish ishlarining aholi salomatligi va ekologiyaga salbiy ta’siri yo‘qligi borasidagi xulosalar juda muhim hisoblanadi.
Mazkur hisobot loyihaning umumiy atrof-muhit samaradorligini, shuningdek, qurilish dasturlari paketiga qo'llaniladigan atrof-muhitni nazorat qilish tadbirlari va ta'sirini yumshatish choralarini umumlashtiradi. Shuningdek, ekologik faoliyatning atrof-muhitni boshqarish rejalariga muvofiqligini o‘rganib, atrof-muhitga salbiy ta'sirlarni nazorat qilish hamda kelgusida minimallashtirish bo'yicha eng samarali chora-tadbirlarni namoyon etadi.
Ekologik hisobotning 2024 yarimyillik hisoboti
17.03.2025