
Tashrif davomida viloyatning “Oqdaryo” tumanida joylashgan Samarqand viloyati agroxizmatlar (AKIS) markazida bo‘lib, u yerda amalga oshirilgan ishlar holati va kelgusidagi qilinishi lozim bo‘lgan rejalar bilan yaqindan tanishdi.
Aynan mazkur loyihaning ustuvor yo‘nalishi qishloq xo‘jaligida ilmiy-tadqiqot, ta’lim va maslahat xizmatlarining ishlab chiqarish bilan integratsiyalashgan samarali tizimini yaratishdir.
Viloyatdagi mazkur markazni bunyod etish uchun Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi sohasida strategik rivojlanish va tadqiqotlar xalqaro markazining Jahon banki ishtirokidagi “O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish” loyihasi doirasida 2,5 mln dollar miqdorida imtiyozli mablag‘ ajratilgan.
Buning natijasida esa 6 ming metr kvadrat maydonda joylashgan bino va inshoat hamda 300 metr kvadratni tashkil etgan issiqxonani qayta qurilish va ta’mirlash ishlari amalga oshirilgan.
25.11.2025