Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yiliAtrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yiliAtrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yiliAtrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yiliAtrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yiliAtrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yiliAtrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili

Kichik va oʻrta biznesni moliyaviy qoʻllab-quvvatlash ishlarining samarasi va rejalari o‘rganildi

Asosiy
jpg

Mazkur uchrashuvda Markaz direktori Shoxrux Akramov va bir qator mas’ullar shuningdek,  KfW dastur menejeri va BFC direktori Maykl Kortenbush, KfW dastur menejeri o'rinbosari Dmitriy Bobyrev va BFCning Markaziy Osiyo bo'yicha mintaqaviy direktori Shavkat Abduraimjanovlar ishtirok etdilar.

          Uchrashuvda davomida:

  - loyiha doirasida qatnashayotgan ATB Hamkorbank bilan moliyalashtirish ishlari borasidagi hamkorlik masalalari;

 - tasarruf etish fondlari auditi va audit xizmatlarini sotib olish masalasi

 - QQS dasturining holati, keyingi bosqichlari va boshqa bir qator masalalar borasida gaplashildi.

Joriy yilda Germaniya taraqqiyot banki (KfW) tomonidan 21,8 mln. yevro mablag‘lari qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sohasining barcha yo‘nalishlarini moliyalashtirish maqsadida jalb qilinib, ayni kunga qadar 16,1 mln evro pul mablag‘i sub-loyihalarga ajratilish ishlari ta’minlangan.

Loyihani moliyalashtirish yo‘nalishlari:

-   oziq- ovqat va meva-sabzavotni yetishtirish, qayta ishlash, quritish, tashish uchun va meva-sabzavotni qayta ishlovchi zamonaviy texnologiyalar sotib olish;

-   urug‘ yetishtirish, ko‘chatchilik faoliyatini rivojlantirish, mineral o‘g‘itlar ishlab chiqarish;

-   muzlatkichli omborxona tashkil etish, avtorefrijator sotib olish;

-   dorivor o‘simliklarni yetishtirish, qayta ishlash va eksport qilish;

-   sok, tomat, sabzavotlardan turli xil konservalar tayyorlash, qayta ishlash, tayyor mahsulot holatigacha bo‘lgan jarayonlar va ularni eksport qilishni o‘z ichiga oladi;

- zamonaviy intensiv bog‘ tashkil etish, gulchilik faoliyatini tashkil etish, zamonaviy issiqxona tashkil etish, tomchilatib sug‘orishni tashkil etish;

- aylanma mablag‘lar uchun;

- agroturizmni rivojlantirish;

- qishloq tadbirkorligi va boshqa yo'nalishlarda barcha tadbirkorlarni moliyaviy qo’llab quvvatlashdan iboratdir.

 

 

 

 

 

28.11.2025

23