Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yiliAtrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yiliAtrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yiliAtrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yiliAtrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yiliAtrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yiliAtrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili

9 dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni

Asosiy
jpg

Birlashgan Millatlar Tashkiloti tashabbusi bilan 2004-yildan buyon har yili 9 dekabr - Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni sifatida butun dunyoda nishonlanadi. Aynan shu kuni, 2003-yilda Meksikaning Merida shahrida o‘tgan yuqori darajadagi siyosiy konferensiyada BMTning Korrupsiyaga qarshi konvensiyasi imzolash uchun ochiq deb e’lon qilingan edi.

Har yili 9-dekabr — Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurash kuniga bag‘ishlangan “Aksilkorrupsiya oyligi” doirasida respublikaning turli vazirlik va idoralari, ta’lim muassasalari hamda tashkilotlarida davra suhbatlari, treninglar, “ochiq eshiklar kuni”, forumlar, tanlovlar va targ‘ibot tadbirlari tashkil etiladi.
Bugun Oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi sohasida strategik rivojlanish va tadqiqotlar xalqaro markazida 8-dekabr – Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni va 9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurash kuni munosabati bilan anashunday tadbirlardan biri bo‘lib o‘tdi.
Tadbir davomida korrupsiyaning salbiy oqibatlari, uning nafaqat jamiyat balki har bir insonning kamolotiga to‘siq bo‘lishi, aholining huquqiy madaniyatini oshirish zarurati, davlat va jamiyatning bu illatga qarshi birgalikda kurashishining muhimligi haqida batafsil so‘z yuritildi.

09.12.2025

362