Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yiliAtrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yiliAtrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yiliAtrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yiliAtrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yiliAtrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yiliAtrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili

Samarqand viloyatida JICA ko‘magida zamonaviy meva-sabzavotlarni qayta ishlash korxonasi faoliyati rivojlanmoqda

Asosiy
jpg


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 15-martdagi PQ-96-son qaroriga muvofiq Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) ishtirokidagi “Meva-sabzavotchilik tarmog‘ida qo‘shilgan qiymat zanjirini yaratish (2-bosqich)” loyihasi amalga oshirilmoqda.

Mazkur loyiha doirasida Samarqand viloyati Bulung‘ur tumanida faoliyat yuritayotgan “Samarqand Garden Plast” MCHJ tomonidan meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlash va zamonaviy qadoqlash yo‘nalishida samarali faoliyat olib borilmoqda. Korxona loyiha mablag‘lari hisobidan imtiyozli kreditlardan foydalanib, ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirgan.

Bugungi kunda korxonaning yillik ishlab chiqarish quvvati 4 ming tonnani tashkil etadi. Korxona tasarrufida 2 300 gektar yer maydoni mavjud bo‘lib, shundan 1 500 gektar hududda zamonaviy bog‘lar barpo etilgan.

Korxonada ishlab chiqarilgan mahsulotlar Rossiya, Qozog‘iston hamda Yevropa davlatlariga eksport qilinmoqda. Natijada hududda yangi ish o‘rinlari yaratilib, aholi bandligini ta’minlash va eksport salohiyatini oshirishga munosib hissa qo‘shilmoqda.

Loyiha meva-sabzavotchilik tarmog‘ida qo‘shilgan qiymat zanjirini rivojlantirish, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish hamda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlashni kengaytirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

10.06.2026

17