Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yiliAtrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yiliAtrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yiliAtrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yiliAtrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yiliAtrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yiliAtrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili

Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi ishtirokidagi “Meva-sabzavotchilik tarmog‘ida qo‘shilgan qiymat zanjiri yaratishni rivojlantirish” loyihasi

Asosiy
Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi ishtirokidagi “Meva-sabzavotchilik tarmog‘ida qo‘shilgan qiymat zanjiri yaratishni rivojlantirish” loyihasi

Yaponiya xalqaro hamkorlik Agentligi (JICA) ishtirokida “Meva-sabzavotchilik tarmog‘ida qo‘shilgan qiymat zanjiri yaratishni rivojlantirish (2- bosqich)” loyihasi.

Asos: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 15-martdagi PQ-96 sonli qarori.

Loyiha kuchga kirishi: Loyiha 2023 yil 16 mart kuni kuchga kirgan.

Loyiha maqsadi: Respublikada meva-sabzavotchilik tarmog‘ini jadal rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlarni o‘z muddatida samarali amalga oshirish, qishloq xo‘jaligi korxonalarining moliyaviy barqarorligini taʼminlash, raqobatbardosh meva-sabzavot mahsulotlari ishlab chiqarishni rivojlantirish.

Loyihaning umumiy qiymati: 323,019 mln dollar, shundan: JICA qarz qiymati – 200,0 mln doll O‘zbekiston Respublikasi hukumat ulushi – 58,272 mln doll; loyiha tashabbuskorlari ulushi – 64,747 mln doll.

Qarz bitimi: 2022 yil 29 avgustda imzolangan (Qarz bitimi raqami № UZB-F-P17). Amalga oshirish muddati: 2023-2028 yillar. Qarz shartnomasi yopilish sanasi: 2028 yil 15 mart. Loyiha hududi: Respublikaning barcha hududlari.

Loyiha quyidagi 2 ta komponentdan iborat:

1- komponent: kredit liniyasi – 194,240 mln doll.

2-komponent: Konsultant – 5,760 mln doll.

Moliyalashtirish yo‘nalishlari: meva-sabzavotni yetishtirish, qayta ishlash, quritish, tashish uchun va meva-sabzavotni qayta ishlovchi zamonaviy texnologiyalar sotib olish; urug‘ yetishtirish, ko‘chatchilik faoliyatini rivojlantirish, mineral o‘g‘itlar ishlab chiqarish; agrologistika markazlari, muzlatkichli omborxona tashkil etish, avtorefrijator sotib olish; zamonaviy intensiv bog‘ tashkil etish, gulchilik faoliyatini tashkil etish, zamonaviy issiqxona tashkil etish, tomchilab sug‘orishni tashkil etish (Meva- sabzavotchilik yo‘nalishida), oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash , sok ishlab chiqarish va ularning uskunalarini sotib olish; lizing kompaniyalari uchun; tadbirkorga ajratilayotgan kredit miqdorining 20 foizi aylanma mablag‘lar shakllantirish uchun. Kreditlar 15 yilgacha muddatga (shundan, 5 yilgacha imtiyozli davri) ajratiladi.

Sub-loyihaning qiymati bitta tadbirkor uchun 2 mln dollargacha, beriladi. Taqsimlanmagan mablag‘lar – 23,24 mln doll. O‘zlashtirish ko‘rsatkichlari: Moliya vazirligi, Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi sohasida strategik rivojlanish va tadqiqotlar xalqaro markazi va loyihada ishtirok etuvchi tijorat banklari o‘rtasidagi uch tomonlama Qayta kreditlash to‘g‘risidagi bitim ishtirok etuvchi 5 ta tijorat banklari bilan imzolandi.

Loyiha kredit liniyasi mablag‘lari ishtirok etuvchi tijorat banklariga quyidagicha taqsimlangan: Turon bank – 57,0 mln doll.; Milliy bank – 10,0 mln doll.; Mikrokredit bank – 18,0 mln doll.; Aloqa bank – 16,0 mln doll. O‘zlashtirish ko‘rsatkichlari: Loyiha boshlangandan buyon 2026 yilning 24 martiga qadar 126,0 mln.dollar mablag‘lar o‘zlashtirildi.

Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA)ning O‘zbekiston vakolatxonasi rahbariyati hamda markazning Loyihani amalga oshiruvchi guruh xodimlari o‘rtasida oktabr oyida 2-bosqich kredit liniya mablag‘lari doirasida jozibadorlikni oshirish maqsadida, moliyalashtirish yo‘nalishlarini ko‘paytirish (oziq-ovqat sanoati, agro turizm va hkz), Agrolizing kompaniyalarini moliyalashtirish bo‘yicha imkoniyatlarni kengaytirish xizmatlarini joriy qilish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazildi hamda rasmiy murojaat xati yuborildi va JICAning bosh shtab-kvartirasidan yuqorida so‘ralgan so‘rovnomalarga ijobiy yaʼni tasdiqlovchi xujjatlar olindi. Mazkur tasdiqlov xatidan keyin “O‘zagrolizing” AJ bilan 70 mln AQSh dollar miqdorida qayta kreditlash bitimi imzolangan.

Loyihani amalga oshirilishi doirasida yuqoridagi qarorning ijrosini ta’minlash maqsadida Xalqaro konsultant korxona jalb qilish jarayoni davom etib,  Qisqa ro‘yxat (Shirt list)dagi kompaniyalar hozirda o‘z takliflarini kiritgan va Markaz tomonidan baholash jarayoni amalga oshirilmoqda.

img
img