
1. Asos: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil
11 avgustdagi PQ-4803-sonli qarori.
2. Loyiha kuchga kirishi: Loyiha 2020 yilning 24 avgust kuni
kuchga kirgan (Jahon bankining 2020
yil 24 avgustdagi
03100/20 - sonli xati).
3. Loyiha maqsadi: Qishloq
xo‘jaligi sohasida unumdorlikni oshirish bo‘yicha xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilash
va bozor iqtisodiyotiga asoslangan meva-sabzavotchilik sohasida yuqori qiymat zanjirini
yaratish.
O‘zbekiston
Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning
2020 - 2030 yillarga mo‘ljallangan strategiyasida belgilangan vazifalar ijrosini
o‘z muddatida va sifatli ta’minlash, xususan sohani transformatsiya qilish, qulay
agrobiznes muhitini va yuqori qo‘shilgan qiymat zanjirini yaratish, ilmiy-tadqiqot
muassasalarining faoliyatini tubdan isloh qilish, moddiy-texnik bazasini yaxshilash,
sohaga jahon tajribasi asosida bilim, innovatsiyalar va agroxizmatlar tizimini keng
joriy etish, shuningdek, xizmat turlarini takomillashtirish, kooperatsiya munosabatlarini
rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash.
4. Loyihaning umumiy qiymati:
659,3
mln
dollar, shundan:
- XTTB qarz summasi
– 181,0 mln doll;
- XTU kredit summasi
– 100,0 mln doll;
- XTU imtiyoz kredit
summasi – 219,0 mln doll;
- O‘zbekiston Respublikasi
Davlat ulushi – 124,3 mln doll;
- loyiha tashabbuskorlari
ulushi – 35,0 mln
doll.
5. Qarz bitimi: 2020 yil 20 martda ma’qullangan.
2020 yil 11 iyulda O‘zbekiston
Respublikasi nomidan Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Xalqaro tiklanish
va taraqqiyot banki hamda Xalqaro taraqqiyot uyushmasi o‘rtasida imzolangan
(Qarz bitimi IBRD Loan 9052-UZ) va Kredit bitimlari IDA Credits 6549-UZ va 6550-UZ).
6. Loyiha TIAsi: O‘zR Prezidentining
2020 yil 11 avgustdagi
PQ-4803 sonli qarori bilan tasdiqlangan.
7. Amalga oshirish muddati (TIAga muvofiq): 2020-2027 yillar.
8. Qarz bitimi yopilish sanasi:
2027 yil 30 dekabr.
9. Loyiha hududi:
respublikaning
barcha hududlari.
10. Loyiha 4 ta komponentdan
iborat.
Jumladan:
O‘zbekiston Respublikasida qishloq
xo‘jaligini modernizatsiya qilish loyihasi doirasida ajratilgan 500 mln dollar mablag‘lardan bugungi kunda 380 mln dollar o‘zlashtirildi. Shundan:
– 68,0 mln dollar qiymatli 421 ta shartnomalar imzolanib, qishloq xo‘jaligi texnikalari va laboratoriya
uskunalari hamda qurilish-montaj ishlari amalga oshirilgan;
– Tijorat banklari orqali 110,0 mln dollarlik 183 ta sub-loyihalar moliyalashtirilgan;
– O‘zagrolizing AJ orqali
1 644 ta qiymati 201,5 mln
dollar texnikalar harid qilingan.
1-komponent:
Qishloq xo‘jaligida
hosildorlikni oshirish dasturlarini qo‘llab-quvvatlash
– 119,9 mln dollarni tashkil qilib, shundan loyiha boshidan bugungi kunga qadar 48,2 mln dollar qiymatli
343 ta shartnomalar imzolangan. komponent: Meva-sabzavotchilik tarmog‘ida qiymat
zanjiriga investitsiyalarni qo‘llab-quvvatlash – 347,4 mln. dollari ajratilgan.
2-komponent doirasida bugungi kunga qadar 312,4 mln dollar o‘zlashtirilgan bo‘lib, bundan 110,9 mln dollar tijorat
banklari orqali sub-loyihalar moliyalashtirishga hamda 201,5 mln dollar “O‘zagrolizing”
AJ orqali Qishloq xo‘jaligi texnikalari lizingini tashkil qiladi.
Tijorat banklari orqali moliyalashtirilgan sub-loyihalar banklar kesimida
quyidagi jadvalda aks ettirilgan:
|
T/r
|
Tijorat bank nomi |
Mablag‘larni taqsimlanishi |
Moliyalashgan mablag‘ |
Sub-loyiha soni |
Qoldiq |
|
|
Jami |
145 363 |
110 904 |
183 |
34 459 |
|
1 |
Biznesni rivojlantirish banki |
30 075 |
23 672 |
46 |
6 403 |
|
2 |
Turon bank |
30 075 |
28 250 |
43 |
1 825 |
|
3 |
Milliy bank |
30 075 |
19 682 |
52 |
10 393 |
|
4 |
Ipoteka bank |
5 013 |
4 593 |
7 |
420 |
|
5 |
Asaka bank |
10 025 |
5 638 |
7 |
438 |
|
6 |
Mikrokredit bank |
40 100 |
29 069 |
28 |
11 031 |
Ma’lumot uchun: Zamonaviy issiqxonalar uchun quvati 104,52 gektar bo‘lgan 19 ta
sub-loyixa, 3 725 gektar maydonda Intensiv bog‘lar yaratish uchun 76 ta sub-loyixa,
3 452
tonnalik Meva-sabzovotni qayta ishlash
texnikasini sotib olish uchun 3 ta sub-loyiha, 41311 tonnalik Muzlatgichli omborxona yaratish uchun 31 ta sub-loyiha,
1511 tonna Qishloq xo‘jaligi moddiy texnikasini sotib olish uchun
6 ta sub-loyiha, 61 dona Avtorefrejerator sotib olish uchun 6 ta sub-loyiha va
boshqa yo‘nalishlar uchun 2 ta sub loyiha moliyalashtirilgan. Yaratilgan yangi ish
o‘rinlar soni 3883 ta, shundan 2794 tasi erkaklar va 1089 tasi ayollarni tashkil etadi.
Shu kabi, 2-komponent doirasida
Davlat rahbarining qarori ijrosini o‘z vaqtida ta’minlash maqsadida “O‘zagrolizing” AJga loyiha doirasida
800 dona paxta terish mashinalarini
moliyalashtirish uchun 130,0 mln dollari hajmida resurs mablag‘lariga lizing asosida
xarid qilingan. Shuningdek, qolgan 71,5 mln dollar miqdoridagi mablag‘ga lizing
asosida qishloq xo‘jaligi texnikalari yetkazilgan yoki umumiy hisobda “O‘zagrolizing”
AJ tomonidan 201,5
mln dollar mablag‘lar o‘zlashtirilgan.
“O‘zagrolizing” AJga tomonidan texnikalarning hududlar kesimidagi taqsimlanishi
ma’lumoti quyidagi jadvalda batafsil keltirilgan:
|
№ |
Hududlar nomi |
Moliyalashtirilgan texnikalar soni |
Kredit qiymati |
|
1 |
Qoraqalpog‘iston |
155 |
11 859,6
|
|
2 |
Andijon |
79 |
16 817,3
|
|
3 |
Buxoro |
128 |
15 313,2
|
|
4 |
Jizzax |
172 |
15 909,3
|
|
5 |
Qashqadaryo |
158 |
17 526,7
|
|
6 |
Navoiy |
84 |
15 291,5
|
|
7 |
Namangan |
109 |
14 643,7
|
|
8 |
Samarqand |
107 |
17 809,1
|
|
9 |
Surxondaryo |
114 |
17 062,5
|
|
10 |
Sirdaryo |
116 |
6 992,5
|
|
11 |
Toshkent |
97 |
16 655,6
|
|
12 |
Farg‘ona |
187 |
18 360,1
|
|
13 |
Xorazm |
138 |
17 258,4
|
|
|
Jami |
1644 |
201 499,51 |
3-Komponent:
Savdo va marketinga ko‘maklashish – 23,0 mln doll.
3-komponent
doirasida 19,3 mln dollarlik 24 ta shartnomalar imzolandi. Sun’iy yo‘ldosh orqali
olingan fotosuratlar va sun’iy intellekt
yordamida yer va suv resurslarini tahlil qiluvchi tizim yaratilgan. Uchuvchisiz
uchish qurilmalari (Dronlar) haridi yakunlanib, yetkazib berilishi kutilmoqda. Qolaversa,
2,1 mln dollarlik fumigatsion va
molekulyar-biologik laboratoriyalar tashkil qilingan.
Mazkur
komponent doirasida xarid qilingan qiymati 2,9 mln dollar bo‘lgan 102
dona uchuvchisiz uchish qurilmalar (dron) xarid qilingan. Biroq, Xitoydan kelayotgan
qurilmalar Qozog‘iston hududidan tranzit bilan bog‘liq masalalar hal etilmaganligi
sababli bugungi kunga qadar yetib kelmagan.
