Qibray tumanida tashkil etilgan gulzor
Toshkent viloyatining Qibray tumanida gulga burkangan bir makon borki uni barcha biladi.
Bu “Agrolayt biznes” MChJ tomonidan 8,3 gektar yerning 6,5 gektarida barpo etilgan gulzor va 1,5 gektarli bog‘dir.
Mazkur issiqxonani barpo etish uchun Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) ishtirokidagi “Meva-sabzavotchilik tarmog‘ida qo‘shilgan qiymat zanjiri yaratishni rivojlantirish” loyihasi doirasida 2 mln 845 ming miqdorida mablag‘ ajratilgan.
Shu munosabat bilan, ayni kunlarda Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) ning yurtimizda bo‘lib turgan bir qator mas’ullari ham mazkur hududga tashrif buyurdilar hamda loyiha doirasida amalga oshirilgan ishlar bilan yaqindan tanishdilar.
Ushbu hududda dunyoga mashhur “Kala”, “Gerbera”, “Estoma”, “Pion”, “Atirgul”, “Liliya”, “Orxideya”, “Ruskus” singari eng sara gullar o‘stiriladi.
Yiliga 150 mlrd. so‘mlik gullar yetishtirilib, nafaqat yurtimiz xaridorlariga balki Rossiya, Birlashgan Arab Amirliklari hamda Qozog‘iston mamlakatlariga ham eksport qilish yo‘lga qo‘yilgan.
“Agrolayt biznes” MChJ tomonidan
30 ta doimiy va 30 dan ortiq mavsumiy ishchilar ish bilan ta’minlangan va ularning faoliyat olib borishlari uchun barcha shart-sharoitlar mavjuddir.